SHARQIY KOREYA TOG’LARI

SHARQIY KOREYA TOG’LARI – Koreya yarim orolining Sharqiy qismidagi tog’ sistemasi. Uzunligi 600 kilometr. Eng baland joyi 1915 metr (Chirisan tog’i). Tog’lar qadimiy kristalli jinslar, Janubiy qismi ohaktosh, qumtoshlardan tuzilgan. Tog’larni chuqur daralar ajratib turadi. Ba’zi tizmalar qoyali va tik yon bag’irlardan iborat. Keng bargli va igna bargli o’rmonlar bilan qoplangan, yaylovlar bor.