Shavla

Shavla — ovqat turi. Shavla tayyorlash uchun go’sht maydaroq bo’laklarga bo’linib, sabzi somon shaklida, piyoz parrak-parrak qilib to’g’raladi. Krzonga yog’solib barcha masalliq xuddi palovning zirvagi kabi qovurilib, 2-3 dona pomidor yoki 2 osh qoshiq tomat qo’shiladi. Masalliq yaxshi qovurilgach, suv quyib qaynatiladi, tuz va ziravorlar solib ta’mi rostlanadi. So’ngra yuvib tozalangan guruch solib, kavlab pishiriladi. Agar guruch solinganda suvi kamlik qilsa yana qaynagan suv qo’shish mumkin. Suvi tortilib, guruchi birbiriga qovushgach, taom tayyor hisoblanadi. Tayyor taom olovdan olinib, qopqog’i yopilgan holda 10-15 minut «dam yediriladi». Shavlaning ichak Shavla, qovurma Shavla, loviya Shavla, O’rikli (turshakli) Shavla va boshqa xillari mavjud. Shavla parhez taomlar guruhiga kiradi.