SHAXSIY MULK

SHAXSIY MULK – jamiyatning alohida a’zolari tomonidan, individual yoki oilaviy ehtiyojlami qondiruvchi moddiy ne’matlarni o’zlashtirish bo’yicha tarkib topuvchi iqtisodiy munosabatlar, shaxsiy mulk subyekti (egalari), ayrim fuqarolar, uning obyekti esa iste’mol buyumlari (xolodilnik, televizor, mebel va h.k.) turar joy va boshqalar, umuman shaxsiy ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan vositalardir. Uning manbalari quyidagilar: topilgan daromad, merosga olingan yoki in’om sifatida olingan mol-mulk, dividend, bank foizi, xususiy tadbirkorlik daromadi va boshqalar O’zbekiston Respublikasida harakat qiluvchi mulkchilik to’g’risidagi qonunda shaxsiy mulk, umuman, fuqarolar mulki manbalari va uning davlat tomonidan kafolatlari belgilab berilgan.