SHAXTA
SHAXTA – foydali qazilmalarni yer ostidan qazib olish bilan shug’ullanuvchi konchilik korxonasi. Shaxtada yer osti va yer usti inshootlari bo’ladi. Yirik shaxtalarda yiliga bir necha million tonnagacha foydali qazilma olish mumkin. Shaxtalarning chuqurligi 100 m dan bir necha km ga yetadi. Eng chuqur shaxtalar Janubiy Afrika va Hindistonda bo’lib, ularning chuqurligi 3 km dan oshadi.