Shcherbak Aleksandr Mixaylovich

Shcherbak Aleksandr Mixaylovich (1926.28.12, Rossiya Federatsiyasi Stavropol o’lkasi turkman tumani) — turkiyshunos olim. Turkiya tilshunoslik jamiyati faxriy a’zosi (1989), xalqaro finugor jamiyatining muxbir a’zosi (1996), Filologiya Fanlari Doktori (1969). 2-jahon urushi qatnashchisi. Stavropol pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan (1948). 1951 yildan Rossiya Fanlar Akademiyasi lingvistik tadqiqotlar instituti Sankt-Peterburg bo’limida katta (1961 yildan), yetakchi (1986 yildan), bosh (1991 yildan) ilmiy xodim. Shcherbakning asosiy ilmiy ishlari turkiy tillar, xususan, o’zbek tili tarixini o’rganishga, turkiy tillarni qiyosiy tadqiq etishga va oltoyshunoslikka bag’ishlangan. «Qadimgi turkiy til lug’ati» («drevne-tyurkskiy slovar», M., 1969)ning tuzuvchi va muharrirlaridan biri. As: Grammaticheskiy ocherk yazika tyurkskix tekstov X—XII vv. iz Vostochnogo Turkestana, M.—L., 1961; grammatika starouzbekskogo yaznka, M.—L., 1962; Vvedenie v Sravnitelnoe izuche- Nie tyurkskix yaznkov, SanktPeterburg, 1994; Rannie tyurkskomongolskie yaznkovne svyazi (8-14 vv.), SanktPeterburg, 1997; Tyurkskaya Runika, SanktPeterburg, 2001.