Sheksna
Sheksna — Rossiya Federatsiyasi Vologda viloyatidagi daryo, Volganing chap irmog’i. Beloye ko’lidan boshlanib, Ribinsk suv omborining Sheksna qo’ltig’iga quyiladi. Uzunligi 139 kilometr, havzasining maydoni 19 ming km2. Volga — Boltiq suv yo’li va shimoliy Dvina suv sistemasiga kiradi. Asosan, qordan to’yinadi. Quyilish joyidan 28 kilometrda o’rtacha suv sarfi 172 m3/sekund. Oktabr — dekabrda muzlab, aprelda muzdan bo’shaydi. Sheksna quyilish joyida Cherepoves shahri joylashgan. Daryoda Cherepoves gidrouzeli va suv ombori bor.