Shensi

Shensi — Xitoyning shimoliy g’arbiy qismidagi provintsiya. Xuanxe daryosining o’rta oqimi havzasvda. Maydoni 195,8 ming km2. Aholisi 35,9 million kishi (1999). Ma’muriy markazi — Sian shahri Shensida qadimdan dehqonchilik rivojlangan. Jami ekin maydonlarining yarmidan ko’prog’iga donli ekinlar (bug’doy, tariq, sholi) ekiladi. Paxta, moyli o’simliklar yetishtiriladi. Janubiy dagi hududlarda yiliga 2 marta hosil olinadi. Bu yerda tung, lok daraxtlari, tsitrus mevalar o’stiriladi. Chorvachilikda qo’y, echki, qoramol boqiladi. Toshko’mir, temir rudasi, neft qazib chiqariladi. Qora metallurgiya, metallsozlik, mashinasozlik, neftni qayta ishlash, kimyo, to’qimachilik, tsement sanoati korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Sian, Baoszi. Shensi hududining bir qismi miloddan avvalgi 6— 4-asrlarda Tsin Podshohligi tarkibida bo’lgan. 9-asrdan hozirgi nomi bilan ataladi.