Sherdor madrasa

Sherdor madrasa – Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (1619-36). Registon ansambli tarkibida. Mirzo Ulug’bek xonaqohi o’rniga Yalangto’sh Bahodir qurdirgan. Ulug’bek madrasasining ro’parasida joylashgan. Madrasa tarhi to’rtburchak, 2 qavatli. Bosh tarzining 2 qanotida qovurg’ali gumbaz va minoralar joylashgan. Peshtoq ravog’i ichkarisidagi koshinkori bezak orasida qora zaminli koshinga oq harflar bilan me’mor Abdujabbor nomi yozilgan. Qanoslaridagi qizg’ish zarhal tusli sher oq ohuni quvmoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq ko’zli qilib tasvirlanib, yuzi zarhal tusli yog’du bilan hoshiyalangan. Madrasa nomi shu tasvirdan kelib chiqqan. Binoning serhashamligi shu peshtog’ida. Peshtoqning 2 tomonida gumbazli darsxona va masjid joylashgan. Hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar (54 ta)ning oldi ravoqli ayvon. Ayvonlar yozda darsxona vazifasini o’tagan. 1960-64 yillarda peshtoqqanoslaridagi koshinkori naqshlar qayta tiklangan.