Shermuhamedov Mirmulla
Shermuhamedov Mirmulla (1886, Toshkeyt -1923.24.9) — shoir va yozuvchi, teatr tanqidchisi, tarjimrn. Beklarbegi madrasasida, rus-tuzem maktabida tahsil olgan. Shermuhamedov jurnalistlik faoliyatini «Turkiston viloyatining gazeti»da boshlagan, «Sadoyi Turkiston», «Sadoyi Farg’ona», «ishtirokiyun», «qizil bayroq» gazetalarida xabar, maqola, she’r, hikoya va tanqidiy maqolalari bilan davom ettirgan. U matbuotda «Mirmulla», «bir musulmon», «Mirmulla Shermuhammad» taxalluslarini qo’llagan. Shermuhamedov o’zbek adabiyotida ilk bor yevropa yozuvchilari usulida ixcham hikoyalar yozgan. Uning «umidli Minutlarim» «Bugun bayram edi», «paranji» hikoyalarida tushkunlik ruhi kuchli bo’lsada, ammo milliyligi, turmushni badiiy, haqqoniy tasvirlashi, tili va uslubining ravonligi, fikrining aniq yo’nalgani bilan ajralib turadi. Shermuhamedov o’zbek matbuotida malakali teatr tanqidchiligini boshlab bergan munaqqid. «Boy ila xizmatchi», «Hurriyat qahramoni», «yomon odat yoxud yosh xotin kasofati», «zaharli hayot», «Tuhmatchilar jazosi», «Andalusning so’nggi kunlari» taqrizlarida milliy aktyorlik, rejissyorlik san’atiga, dramaturgiyaga xolisona baho bergan. Uning taqrizlari orqali dramaturg Abdurahmon Ismoilzoda ijodi namunalari, Mannon Uyg’urning ilk aktyorlik va rejissyorlik faoliyati haqidagi ma’lumotlar bizgacha yetib kelgan. Shermuhamedov dublyaj san’atiga asos slogan tarjimondir. «Turon» kinoteatrida namoyish etilgan filmlarni rus tilidan o’zbek tiliga bevosita tarjima qilib turgan. Sirojiddin Ahmedov.