Sheroboddaryo

Sheroboddaryo – Amudaryoning oxirgi o’ng irmog’i, Irg’oyli va Qizilsoy daryolari qo’shilishidan hosil bo’ladi. Machay qishlog’igacha Machaydaryo, u yerdan Sherobod shahrigacha Sheroboddaryo, Sherobod shahridan quyilish joyigacha Qorasuvdaryo deb ataladi. Umumiy uzunligi 177 kilometr. Havzasining maydoni 2950 km2, o’rtacha suv sarfi may oyida 20,6 m3/sekund iyul oyida 18,3 m3/sek., tog’lardan chiqish yeridagi o’rtacha suv sarfi 7,5 m3/sek. Suv oqimi yil davomida notekis taqsimlangan. Sheroboddaryo havzasidagi soyliklarning uvoq jinslari suvni yaxshi o’tkazadi, yog’inning ko’p qismi shu jinslar orasiga sizib, keyinchalik bir me’yorda daryo o’zaniga qaytib chiqa boshlaydi; shu tariqa oqim fasllar davomida bir tekis taqsimlanadi. Quyi oqimida daryo suvi kamayib ketadi. Sheroboddaryodan Darband, dara, Sisanga, Xo’jabo’lgan, Munchoq, Sherobod qishloqlari suv oladi. Sheroboddaryoda Sherobod GES qurilgan.