Sheroboddaryo

Ma’nosi

Sheroboddaryo — Amudaryoning oxirgi o’ng irmog’i, Irg’oyli va Qizilsoy daryolari qo’shilishidan hosil bo’ladi. Machay qishlog’igacha Machaydaryo, u yerdan Sherobod shahrigacha Sheroboddaryo, Sherobod shahridan quyilish joyigacha Qorasuvdaryo deb ataladi. Umumiy uzunligi 177 kilometr. Havzasining maydoni 2950 km2, o’rtacha suv sarfi may oyida 20,6 m3/sekund iyul oyida 18,3 m3/sek., tog’lardan chiqish yeridagi o’rtacha suv sarfi 7,5 m3/sek. Suv oqimi yil davomida notekis taqsimlangan. Sheroboddaryo havzasidagi soyliklarning uvoq jinslari suvni yaxshi o’tkazadi, yog’inning ko’p qismi shu jinslar orasiga sizib, keyinchalik bir me’yorda daryo o’zaniga qaytib chiqa boshlaydi; shu tariqa oqim fasllar davomida bir tekis taqsimlanadi. Quyi oqimida daryo suvi kamayib ketadi. Sheroboddaryodan Darband, dara, Sisanga, Xo’jabo’lgan, Munchoq, Sherobod qishloqlari suv oladi. Sheroboddaryoda Sherobod GES qurilgan.

O‘xshash so‘zlar

Sh harfi: barcha so‘zlar