Shildirbosh, bo’yan
Shildirbosh, bo’yan — dukkakdoshlar oilasi bo’yandoshlar turkumiga mansub ko’p yillik o’simlik turi. O’rta Osiyoda Daryo bo’ylari, tog’yonbag’irlari, adirlar, vodiylarda, to’qaylarda o’sadi. Ekinzorlarda begona o’t sifatida uchraydi. Ildizi tarqoq, poyasi tik, 45-80 santimetr, barglari toq patsimon, 4— 8 santimetr, 5-9 juft ellipssimon yoki cho’ziqtuxumsimon bargchalari bor. Guli qizg’ish rang. Mevasi dukkak. May oylarida gullab, iyun—avgustda urug’laydi. Tarkibida 0,12—0,4% Alkaloid (asosan, tibbiyotda qo’llaniladigan sferofizin) lar bor.