Shimoliy atlantika oqimi

Shimoliy atlantika oqimi — Atlantika okeani shimoliy qismidagi iliq yuza oqim, Galfstrimning davomi. Suvining temperaturasi 7° dan 15° gacha. Tezligi Janubda 0,9—1,8 km/soat, shimoli sharqida 0,4—0,7 km/soatgacha kamayadi. Katta Nyufaundlend sayozligidan boshlanib Norvegiya dengizi tomon shimoli sharqqa harakatlanadi. 60° shahrik. da g’arbga oquvchi Irminger oqimiga ajraladi. Suv sarfi (20-40 million m3/sek.) o’zgaruvchan. Shimoliy atlantika oqimi suvining sarfi va issiqlik holati G’arbiy va shimoliy Yevropa ob-havosi va iqlimiga ta’sir ko’rsatadi.