Shimoliy Bag’dod kollektori

Shimoliy Bag’dod kollektori — Farg’ona vodiysida Achchiqko’l kollektorlar tizimi tarkibiga kiruvchi yirik kollektor. Achchiqko’l kollektoridan g’arbda joylashgan. Qo’qon guruhi tumanlaridagi (Rishton, Oltiariq, Bag’dod, Uchko’prik, Buvayda, Furqat) zovur va oqova suvlarni yig’ish va Sirdaryoga tashlash uchun xizmat qiladi. Qo’qon shahridan Sharqda katta Andijon kanaliniig Qiziltepa tarmog’igacha bo’lgan hududdagi sug’oriladigan yerlarga xizmat ko’rsatadi. 1947 yilda ishga tushirilgan. Chuqurligi 6 metrgacha, tubning nishobi 0,0005—0,001 ga teng. Yiliga Sirdaryoga 1,5 milliard m3 atrofida suv tushadi. Shimoliy Bag’dod kollektoriga ko’p sonli ochiq tartibdagi kol- lektor va oqova tarmoqlar (yuqori, O’rta va quyi Qiziltepa, Bo’rbaliqqayrag’och, Oqqo’rg’on va boshqalar) qo’shiladi. Kollektor turli xil inshootlar, ko’priklar, sharshara, Nov, suv to’sqich inshootlar bilan ta’minlangan. Yozyovon cho’lidagi erlarni sug’orish uchun Furqat kanaliga kollektordan suv oluvchi inshoot — nasos stansiyasi qurilgan.