Shirach

Shirach— piyozguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’simliklar turkumi. Markaziy va Old Osiyoda, Janubiy Sharqiy Yevropada Shirachning 30 ga yaqin turi ma’lum. Ulardan 23 tasi O’rta Osiyo, Kavkaz va Qrimda uchraydi. O’rta Osiyo tog’larining pastki qismida Shirachning Sug’d Shirachi, Regel Shirachi, oq Shirach, illariya Shirachi, olga Shirachi va pushti Shirach turlari o’sadi. Bo’yi 100-200 santimetr, barglari qalami, gullari ko’p, rangi sarg’ish, may iyul oylari l,1 gullab urug’laydi. Urug’i sharsimon ko’sakcha. Ko’pgina turlarining ildizlarida yopishqoq modda (shirach) borligi tufayli, yelim olish uchun ishlatiladi. Shirach barglari tarkibida ko’p miqdorda S vitamini bor, yaxshi asal beruvchi o’simlik.