Shirak Jak Rene

Shirak Jak Rene (1932. 29.11, Parij) — Frantsiya davlat arbobi. Parij Siyosiy tadqiqotlar instituti (1954) va Milliy boshqaruv maktabi (1959)ni tugatgan. 1959 yildan Davlat auditor palatasi auditori, 1962 yil apreldan hukumat apparatida, 1965 yildan Sen-Freol shahri kengashi a’zosi, Milliy ma.jlis deputati (1967 yildan). 1967 yildan J.Pompidu hukumatida ijtimoiy masalalar, 1968 yildan iqtisodiy va moliya masalalari bo’yicha davlat kotibi, 1972 yildan qishloq xo’jalik va qishloq taraqqiyoti, 1974 yil ichki ishlar vaziri. Shirak 1960-yillardan respublikani himoya qiluvchi demokratlar Ittifoqi partiyasi a’zosi, 1975 yildan faxriy bosh kotibi, 1976 yil partiya respublikani qo’llabquvvatlash uyushmasiga aylangach, uning raisi. 1974 yil aprel — 1976 yil avgust va 1986 yil mart — 1988 yil mayda Frantsiya bosh vaziri, 1977 yil martdan Parij shahri meri, 1995 yil maydan Frantsiya Respublikasi prezidenti.