Shirinqulov Toshpo’lat
Shirinqulov Toshpo’lat (1937, Qo’shrabot tumani) — mexanik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1994), texnika fanlari Doktori (1970), professor (1974). SamDu ni tugatgan (1960). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida ilmiy xodim (1960-70), ToshPI da kafedra mudiri (1973-75), qishloq qurilishi fakulteti dekani (1974-75), Samarqand me’morchilik va qurilish instituti rektori (1975-86), shu institutda kafedra mudiri (1980 yildan), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi a’zosi (1993-2001). Ilmiy ishlari, asosan, gruntlar mexanikasi, deformatsiyalanuvchi zamindagi muhandislik konstruktsiyalarini hisoblash, inshootlar mustahkamligi va poydevorsozlik masalalarining ilmiy asoslarini yaratishga bag’ishlangan. Shirinqulov qurilish konstruktsiyalari materialining yoyiluvchanligini va deformatsiyalanuvchi asosning reologik xususiyatlarini hisobga olgan holda balkalar va ramali konstruktsiyalarning hisobi nazariyasiga katta hissa qo’shgan. As: Metodm raschyota konstruktsii na sploshnom osnovanii s uchyotom polzuchesti, T., 1969; raschyot injensrnmx konstruktsiy na uprugom neodnorodnom osnovanii, T., 1986.