Shirinsoy qabristoni
Shirinsoy qabristoni – 2-4-asrlarga oid arxeologik yodgorlik. Bekobod shahridan 4,5 kilometr sharqda, Sirdaryoning chap sohilida. G’arb tomonidan Shirinsoy o’tadi. 1943 yil Farhod GESi qurilishi vaqtida topilgan. Shu yili arxeolog V.F. Gaydukevich boshchiligidagi ekspeditsiya o’rgangan. Shirinsoy qabristonidan jami 28 ta qabr ochilgan. Ularning ko’pchiligi oddiy chuqurchalardan iborat bo’lib, bir necha katakomba shaklidagi qabrlar ham topilgan. Jasadlar chalqancha, oyog’i uzatilgan holda, ayrimlari yon gomoni bilan (qo’pincha chap yoni bilan) yotqizilib, oyog’i yig’ishtirilgan holda qo’yilgan. Qabrlardan ko’zachalar, kosalar va boshqalar xil idishlar topilgan. Idishlar qizil angob bilan bo’yalgan, ayrimlari sayqallangan. Shirinsoy qabristoni joylashgan hudud qadimda Usrushonaga qarashli bo’lib, topilgan ashyolar shirinsoyliklarning Shosh va Farg’ona bilan iqtisodiy hamda madaniy aloqada bo’lganligini ko’rsatadi.