Shirvon tekisligi
Shirvon tekisligi, Shirvon Dashti — Ozarbayjondagi Kura-Araks pasttekisligining bir qismi. Kura daryosining chap sohili bo’ylab joylashgan. Balandligi 16 metrdan 100 metrgacha. G’arbdan sharqqa Nishab. Yer yuzasi, asosan, tekis, faqat ba’zi joylarida anticlinal strukturaga ega, balandligi 200 metrgacha bo’lgan qirlar, balchiqli vulkanlar konuslari ko’tarilgan. Iqlimi keskin kontinental. Yiliga 200-350 millimetr yog’in tushadi. Bo’z va bo’zo’tloq tuproqlarda, asosan, shuvoq, sho’ralar o’sadi. Sug’oriladigan joylarida paxta, g’alla va boshqalar ekinlari ekiladi. Chorvachilik, tokchilik rivojlangan. Sug’orish uchun Mingechaur suv omboridan yuqori shirvon kanali o’tkazilgan.