Shisha-beton konstruktsiyalar

Shisha-beton konstruktsiyalar — ichiga shisha bloklar (shisha tolalarga sintetik smola qo’shib tayyorlanadigan, muayyan shakl va qalinlikdagi plitalar) o’rnatilgan beton hoshiyali panellar. Turar joylar, jamoat va sanoat binolarining shaffof (yorug’lik o’tkazadigan) to’siqlari (pardevor, zina va lift shaxtalari, Vannaxona devorlari va boshqalar) qurish uchun ishlatiladi. Shisha bloklarning tutashish choklariga quyiladigan beton kamar ichiga metal armatura qo’yib ketiladi. Shisha-beton konstruktsiyalar temir-beton zdlarida yoki qurilishning o’zida tayyorlanishi mumkin.