Shisha kristallit
Shisha kristallit – shishani kristallash natijasida olingan sun’iy polikristall material. Shisha kristallit kristall va qoldiq shisha fazalaridan iborat. Kristallarning o’lchamlari, odatda, 1 mkm gacha, kontsentrasiyasi esa keng oraliqda (hajmga nisbatan 20-90%) bo’ladi. Shisha kristallit olishda qayta qizdirish paytida ma’lum bir kristall fazalar (masalan, kordierit, spodumen, vollastonit va boshqalar) hosil qiladigan shishalardan foydalaniladi. Ba’zi hollarda Shisha kristallit mayda donador shisha bo’lakchalarini kristallash yo’li bilan tayyorlanadi. Qizdirish natijasida shisha bo’lakchalari kristallanadi, bir-biriga yopishib polikristall tuzilishga ega bo’lgan yaxlit materialga aylanadi. Kristallanish jarayonida avval shishada kristallanish markazlari hosil bo’ladi, so’ngra kristallarning o’sishi ro’y beradi. Kristallanish jarayonini tezlashtirish maqsadida shisha tarkibiga metall holdagi (Si, A§, Ai, 51, R1 va boshqalar) yoki metallmas katalizatorlar (TYU2, R205, Sg203, 2g02, 2p0, zpo,, \¥03, Mo03, Se02, ftoridlar, selenidlar va sulfidlar) kiritiladi. Shishasozlikning rivojlanishi natijasida Shisha kristallitning izdoshlari 2 fazali shishalar (bo’g’iq shishalar, Reomyur chinnisi, fotosezgir shishalar) ham ishlab chiqarilmoqda. Shisha kristallit xalq xo’jaligining ko’pgina sohalarida, qurilishda, kimyo, tog’-kon ishi, elektrotexnika sanoatlarida qo’llanadi. Shisha kristallit Ruminiyada — «rumin chinnisi», AQSh da — «Pirokeram», Rossiyada — «sitall», Germaniyada — «Vitrokeram», Chexiyada — «riston», Vengriyada — «minelbit», Polshada — «kvaziglaz» nomi bilan yuritiladi.