Shishasimon tana

Shishasimon tana – 1) membrana bilan o’ralgan tiniq dirildoq modda. Ko’z soqqasi bo’shlig’idagi ko’z gavhari bilan to’r parda orasini to’ldirib turadi. Shishasimon tana ko’zning dioptrik (yorug’likni sindiradigan) qismi bo’lib, ko’z to’r pardasiga yorug’lik nuri o’tishini ta’minlaydi. Katta yoshdagi kishilar ko’zining Shishasimon tanasida qon tomirlar bo’lmaydi. Shishasimon tananing suyuq qismi yopishqoq gialuron, askorbin kislota, tuz va boshqalar moddalar, nozik oqsil fibrillardan iborat. 2) qoramol ko’zi Shishasimon tanasidan olinadigan dori preparat; biogen stimulyatorlar guruhiga kiradi. Eritma holida bo’g’im kontrakturasida, kuyish, shikastlanishdan so’ng chandiq to’qimalarning tekis bitishi, ularni yumshatish maqsadida, nevralgiya va radikulitda og’riq qoldiruvchi modda sifatida ishlatiladi.