Shixlar

Shixlar — turkiy qabila. Shixlarning asosiy qismi o’rta asrlardan hozirgi Turkmanistonning g’arbiy qismida, O’zbekistonning Buxoro, Qorako’l, Navoiy, muborak tumanlarida yashaganlar. Shixlar urug’sifatida o’zbeklarning Qutchi, qarluq qabilalari tarkibida ham uchraydi. Shixlar o’z nomlarini Shayx (diniy unvon, muqaddas joy, madrasa nazoratchisi va hokazolar)larga yaqin qo’yib, kelib chiqishlarini esa Muhammad payg’ambar bilan bog’laydilar. Aslida Shixlar o’rta asrlarda yirik qabilalardan birining nomi bo’lib, keyinchalik tarmoqlarga bo’linib ketganlar. 19-asrning 2-yarmida Shixlarning asosiy qismi yarim qo’chmanchi bo’lib, chorvachilik bilan shug’ullanganlar. 20-asrning 20-30-yillarida Turkmanistondagi Shixlar turkmanlar tarkibiga, O’zbekistonda yashagan Shixlar o’zbeklar tarkibiga singib ketishgan.