Shixta

Shixta (nemischa) — metallurgiya qurilmalari, kimyo apparatlari va boshqalar agregatlarda qayta ishlanadigan materiallar aralashmasi. Masalan, metallurgiya Shixtasi tarkibiga yoqilg’i, ruda, temir-tersak, flyus va boshqalar kiradi. Shixtadagi materiallarning bir-biriga nisbati olinishi kerak bo’lgan mahsulotning zarur fizik-kimyoviy xossalari bilan belgilanadi. Shixta qurilma, apparat yoki agregatga bir jinsli aralashma (kukun, dona ko’rinishida yoki briketlab) yoki ayrimayrim komponentlardan iborat portsiyalar tarzida solinishi mumkin. Shixtadan muayyan fizik va kimyoviy xossalarga ega bo’lgan mahsulotlar olinadi.