Shlagbaum
Shlagbaum (nemischa — zarba va — yog’och, xoda) — avtomobil yo’llari temir yo’l izlarini kesib o’tadigan joylarda poyezd o’tayotgan paytda yon tomondagi transport qatnovini to’xtatib turishga xizmat qiladigan to’siq. Temir yo’l izidan kamida 10 metr narida o’rnatiladi. Dastaki yoki mexanik usulda ko’tariladigan, suriladigan, yog’och yoki metalddan tayyorlangan xillari bor. Poezdlar ko’p qatnaydigan joylarda avtomat Shlagbaum o’rnatiladi. Avtomat Shlagbaum poyezd yaqinlasha boshlaganda avtomatik tarzda tushib, yon tomondagi yo’lni to’sadi. Shlagbaumlar qorong’ida aniq ko’rinib turadigan yoritqich signallarga ega bo’ladi. Nazorat qilib turiladigan avtomobil yo’llarida ham Shlagbaum o’rnatiladi.