Shlam
Shlam (nemischa 8sp1att — loy) — tog’ jinslarini maydalaganda, burg’ilashda hosil bo’ladigan suyuqlikka to’yingan kukunsimon mahsulot. Zarrachalar o’lchami 0,25 millimetrdan yirik bo’lmaydi. Shlam hosil bo’lish sharoitiga qarab bir necha turga bo’linadi: 1) mis, rux va boshqalar metallar elektroliz qilinayotganda cho’kadigan kukunsimon mahsulot; odatda tarkibida asl metallar bo’ladi; 2) bug’ qozonlaridagi loy, gil va qattiq bo’laklar holidagi (suvda erimaydigan) cho’kindilar. Shlamni ko’chirish uchun vaqt-vaqti bilan qozon havo yuborish yo’li bilan tozalanadi; 3) toshko’mir yoki rudani nam bilan boyitishda hosil bo’ladigan loysimon cho’kindi; 4) uzoq vaqt turib qolgan yoki filtrasiya qilingan suyuqlik tubiga cho’kkan qattiq mayda zarralar.