Shleyxer Aleksandr Ivanovich
Shleyxer Aleksandr Ivanovich (1900.1.11, hozirgi Rossiya Federatsiyasi Penza gubernyasi — 1990.23.11, Toshkent) — agronom, professor (1967), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1970). O’rta Osiyo universitetining qishloq xo’jalik fakultetini tugatgan (1925). Buxoro viloyati Shirabudin qishloq xo’jalik tajriba stansiyasida iqtisod bo’limi mudiri (1927-31), Soyuznixida sektor mudiri (1931— 33), Toshkent qishloq xo’jaligi instituti o’simlikshunoslik kafedrasi mudiri (1931-42), dotsent (1946-68), paxtachilik kafedrasi mudiri (1968-73). Ilmiy ishlari g’o’za biologiyasi va agrotexnikasi masalalari (chigitni ekishga tayyorlash, unib chiqqan nihollarning siyrakligini to’ldirish, ko’chat qalinligi, qiya yerlarga keng qatorlab ekishda egatlar chuqurligi va boshqalar)ga bag’ishlangan. As: paxtachilik [1-qism], T., 1958; Xlopkovodstvo, M., 1967; paxtachilik [Darslik], T., 1978.