Shlif
Shlif (nemischa — yo’nish, silliqlash) (geologiyada) — mikroskopik tadqiqotlar uchun mo’ljallangan tog’jinsi, mineral yoki ko’mirdan tayyorlangan plastinka. Shliflar 2 xil bo’ladi —shaffof va ruda Shlif (anshlif). Shaffof Shlif — yupqa plastinka (0,03 millimetr) ning ikki tomoni silliqlanib, yupqa oynaga maxsus elim (epoksid, Kanada balzami) yordamida yopishtiriladi, usti ham o’ta yupqa oyna bilan qoplanadi. Anshlif — mineral va tog’jinslarini o’tuvchi nur orqali o’rganish uchun tayyorlanadi. Shlifni o’tuvchi nur yordamida o’rganish — petrografiyaning asosiy metodlaridan biri. Shlif mikroskop ostida mukammal o’rganiladi, bunda tog’jinslarining mineral tarkibi, ichki va tashqi tuzilishi aniqlanadi. Buning uchun qutblangan mikroskoplardan foydalaniladi.