Shliman
Shliman (§spietapp) Genrix (1822. 6.1— 1890.26.12) — nemis arxeologi. 1863 yil tijorat ishlarini tashlab Gomer dostonidagi yerlarni axtarish bilan shug’ullangan. 1869 yil qadimiy Troya o’rni kichik Osiyodagi Hisorlik (Gissarlik) tepada bo’lgan degan fikrni bildirgan. U yerda 1870-73, 1878-79, 1882-83, 1889-90 yillarda, shuningdek, Mikena (1876), Itaka oroli (1878), Orxomen (1880-86), Tirinf (1884-85) da qazish ishlari olib borgan. Shliman Gomer dostoni faktik asosga ega ekanligini isbotlagan, shuningdek, Egey madaniyati (Kritmiken madaniyati)ni ochgan. Bu madaniyat Shliman vafotidan so’ng G.Evans tomonidan tadqiq etilgan.