Shlir

Shlir (nemischa §snneg — balchiq, mergel) — noto’g’ri shakldagi intruziv tog’ jinsi qismi. Tog’ jinslarining qolgan massasidan strukturasi va uni tashkil etgan minerallarning nisbiy miqsori bilan farq qiladi. Shlir va uni qamrab olgan tog’jinslari orasida, odatda, muntazam ravishda o’zgarish kuzatiladi. Shlirning o’lchami 2-10 santimetr, ba’zan 1 metr va undan ko’p bo’ladi. Ba’zi Shlirlar kristallanish va magmatik eritmalarning qotishi jarayonida ajralib chiqqan dastlabki mineral to’plamdan iborat bo’lsa, boshqalari magma tepaga ko’tarilish jarayonida qo’shilib chiqib, magma orasida o’zgargan, ammo butkul erib o’zgarmagan jinslardir.