Shlix
Shlix (nemischa 5snsp) — g’ovak tabiiy yotqiziqlar, sun’iy ravishda maydalangan tog’jnnslari yoki mineral hosilalarni yuvish natijasida olingan og’ir minerallar fraktsiyasi. Shlix tarkibiga fizik va kimyoviy nurashga chidamli, zichligi zg/sm3 dan ziyod bo’lgan minerallar (oltin, platina, kinovar, Kassiterit, sheelit, magnetit, tsirkon, olmos va boshqalar) donalari kiradi. Sochma va tub foydali qazilmalarni izlashda Shlix namunalari allyuvial va dellyuvial yotqiziqlardan muntazam ravishda olinadi. Sochma konlarni razvedka qilish va o’zlashtirishda Shlixli namunalardan foydalaniladi. Qimmatbaho, nodir va ba’zi rangli metall konlarini izlash, asosan, Shlixni o’rganishdan boshlanadi.