Shodiyev Davron Shodievich

Shodiyev Davron Shodievich (1938.20.7, Qarshi tumani) — pedagog olim, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi (1998). Pedagogika fanlari Doktori (1986), professor (1989), Rossiya pedagogika va ijtimoiy Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi (1995). Toshent pedagogika institutini tugatgan (1960). Qarshi pedagogika instituti (hozirgi Qarshi universiteti) da o’qituvchi (1961 — 67; 1972-74), dekan (1974-75), prorektor (1975-85), professor (1987-91), kafedra mudiri (1991-93), O’zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish instituti direktori (1993-98), direktor o’rinbosari (1998-2002). Asosiy ilmiy ishlari fizika fanini o’qitish metodikasining metodologik muammolari va umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun fizika bo’yicha darsliklar yaratishga oid. Uning hammuallifligida 7—11-sinflar uchun yozilgan «fizika» darsliklari 1987 yildan buyon O’zbekiston, Rossiya Federatsiyasi va boshqa MDH davlatlari maktablarida qo’llanilmoqda. As: Metodologicheskie problemn teoreticheskogo i empiricheskogo urovney poznaniya v uchebnom prosesse, T., 1982; Mislenniy eksperiment v nauchnom i uchebnom poznanii, T., 1984; Teoriya i eksperiment pri obuchenii fizike, T, 1985; Myulenniy eksperiment v prepodavanii fiziki, M., 1987.