Shohnavozxon

Shohnavozxon (17-asr 18-asr boshlari) — hindistonlik tarixchi olim va adib. Sh.ning fors tilida yozgan «Maosir ulumaro» («amirlar tarixi») asari Hindistonning o’rta asrlardagi tarixi, iqtisodi va, ayniqsa, madaniyatini o’rganishda muhim manba sanaladi; Shohnavozxon mazkur tadqiqotida bizgacha yetib kelmagan ko’pgina asarlardan foydalangan. Asarda 16-asrning yarmidan 18-asr boshigacha Hindistonda yashab, ijod etgan (shuningdek, O’rta Osiyodan Hindistonga kelib yashab qolgan) davlat, fan va madaniyat arboblarining hayoti hamda ijodiy faoliyatlari yoritilgan. Asarning oxirgi qismini Shohnavozxonning o’g’li Abdulhay yozgan. Asarni ingliz sharqshunosi N.Beverj xonim forschadan ingliz tiliga tarjima qilib, Kalkuttada nashr ettirgan (1946).