Shohnay, shexnay

Shohnay, shexnay — surnaysimon tilchali puflama musiqa cholg’usi. Shim. Hindistonning asosiy mumtoz sozlaridan. Yog’ochdan qilingan konussimon tanasida 7 ta chalg’ich (barmoq) teshigi mavjud. Qamishdan yasalgan tilchasi orqali havo yuboriladi. Baland, kuchli va jarangdor tovushga ega. Ijro jarayonida Shohnayga past ovozli (bansuri nay kabi) puflama hamda urma (nog’ora, tabla va boshqalar) cholg’ular jo’r bo’ladi. Turli oilaviy va diniy marosimlar, xalq bayramlarida, hozirda esa kontsert cholg’usi sifatida ham keng qo’llaniladi.