Shoimov Shodi

Shoimov Shodi (1925, Shahrisabz tumani — 1944.24.3, Mogilev viloyati) — 2-jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. Urushga qadar kolxozda ishlagan. 1942 yil Fevraldan armiya safida. 1944 yildan frontda. 1266-o’qchi polki (2-Belorussiya fronti, 50-armiyaning 385-o’qchi diviziyasi) avtomatchisi bo’lgan. 1944 yil 27 iyunda Mogilev viloyatining Dashkova qishlog’i yaqinidagi jangda jasorat ko’rsatgani uchun vafotidan so’ng qahramon unvoniga sazovor bo’lgan (1945). Aravon qishlog’idagi maktabga, Shahrisabz shahridagi ko’chalardan biriga va kinoteatrga uning nomi berilgan. Shahrisabzning Markaziy maydoniga haykali qo’yilgan.