Shokirov Ostonaqul

Shokirov Ostonaqul (1922.1.4, Andijon shahri — 1945.11.1, Kaliningrad viloyatining Nesterov rayonidagi Kalinino shaharchasida dafn etilgan) — 2-jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. Urushga qadar mahalliy korxonalarda ishlagan. 1941 yil dekabrdan armiya safida. 1942 yildan frontda, 75-gvardiyachi o’qchi polkining razvedka vzvodi (3-belorussiya fronti 1gvardiyachi armiyaning 26-gvardiyachi o’qchi diviziyasi) komandiri bo’lgan. 1944 yil 15 iyulda Alitus shahrining Janubrog’ida Neman daryosi bo’yidagi jangda jasorat ko’rsatgani uchun qahramon unvoniga sazovor bo’lgan (1945). Andijon shahridagi maydonga uning byusti o’rnatilgan, shu shahardagi ko’cha va 10-maktabga uning nomi berilgan, maktab binosiga yodgorlik lavhasi o’rnatilgan.