Sholi nimani anglatishini bilasizmi

Sholi nimani anglatishini bilasizmi – boshoqdoshlar, g’alladoshlar oilasiga mansub, bo’yi 50-100 sm ga yetadigan bir yillik o’t o’simliklar. Vatani Osiyoning janubiy sharqida joylashgan tropik davlatlar. Shimoliy Kavkaz, Ukraina janubida, Volga daryosining quyi qismi, Markaziy Osiyo davlatlarida, Qozog’iston, O’zbekistonda ko’p o’stiriladi. Tibbiyotda mevasi – doni (guruch) ishlatiladi. Tarkibida ko’p miqdorda kraxmal, vitaminlar: B1, B2 va Be, moy, oqsil, mineral va boshqa moddalar bor. Guruch qaynatmasi me’da-ichak kasalliklarida qoplovchi vosita hamda parhez taom sifatida qo’llaniladi. Sholi shulxasidan rak kasalligiga qarshi ta’sir ko’rsatuvchi yuqori molekulali birikmalar ajratib olingan. Guruchdan olinadigan kraxmal tibbiyotda (ichketar va boshqa me’da-ichak kasalliklarida) hamda dorishunoslik amaliyotida kukunlar, tabletkalar, sepmalar tayyorlashda ko’p ishlatiladi.

Fikr bildirish