Shomatov Nasriddin Mirahmedovich

Shomatov Nasriddin Mirahmedovich (1915.22.9, Toshkent viloyati Piskent qishlog’i — 1987.3.10, Toshkent) — travmatologortoped, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1972), tibbiyot fanlari Doktori (1959), professor (1960). Toshti pediatriya fakultetini tugatgach (1938), Respublika suyak sili bolalar sanatoriysida vrach, bo’lim mudiri (1938-39). Urush qatnashchisi (1939-46), O’zbekiston Travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot intida vrachordinator (1946), ortopediya bo’limida kichik xodim (1947), institut direktori (1948-52; 1966-81), bolalar ortopediya bo’limi mudiri (1953-56). Moskvadagi 2-tibbiyot institutida doktorant (1956— 59), Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti travmatologiyaortopediya kafedrasi mudiri (1960-75). Ilmiy ishlari kesilgan oyoq faoliyatini tiklash, maymoqlik, umurtqa pog’onasining qiyshayishi, bolalarda yonbosh suyagining tug’ma chiqishi, qiyshiq bo’yin va boshqalarni aniqlash va davolash usullariga oid. As: Kostnoplasticheskiy Sposob amputasii konechnostey, T., 1957; Perelomm kostey i sposobn stimulyasii IX Konsolidasii. T., 1965; Vosstanovitelnaya xirurgiya ojogovmx deformasiy konechnostey (hamkorlikda), T., 1978.