Shomshapalaklar
Shomshapalaklar silliqburun ko’rshapalaklar oilasi urug’i. Uzunligi 10-50 millimetr. 7 turi bor. Yevropa, G’arbiy, Sharqiy va Janubiy Sharqiy Osiyoda, malla Shomshapalaklar keng bargli va aralash o’rmonlar zonasi, O’rta Osiyo, Qozog’iston, Janubiy G’arbiy Sibirda. jumladan, O’zbekistonda keng tarqatgan. 1-2 ta bola tug’adi. Shomshapalaklar daraxtlar kovagiga, ba’zan imoratlar peshtoqiga uya quradi. Shomda va kechasi faol. Qattiq qanotli hasharotlar (masalan, may qo’ng’izi va boshqalar) bilan oziqlanib, qishloq xo’jaligiga foyda keltiradi. Shomshapalaklar mavsumiy migrasiya qiladi, O’zbekiston Respublikasi qizil kitobiga kiritilgan.