Shomurodov Ne’mat

Shomurodov Ne’mat (1941.3.1 Toshkent — 1993.31.1) — rejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1980). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1965). 1970-72 yillar E.Vaxtangov nomidagi teatrda malaka oshirgan. 1972-77 yillar Andijon teatrida, 1977-83 yillar Kattaqo’rg’on shahar drama teatrida, 1983-93 yillar O’zbekiston televideniyesida rejissyor. Shomurodov teatrda sahnalashtirgan spektakllari: «Ayajonlarim» (A. Qahhor), «Ispanlar» (M.Lermontov), «Mirzo Ulug’bek» (M.Shayxzoda), «Qonli to’y» (G.Lorka), «Ezop» (G.Figeyredu), «Momaqaldiroq» (A.Ostrovskiy), «Sinov tuni» (Eji Lyutovskiy) va boshqalar Televideniyeda «go’zallik olamiga sayohat», «inson bolalikdan boshlanadi», «tengdoshlar», «zor edim, bir ko’rgali…», «Xotira», «urush bolalari» ko’rsatuvlari bilan tanilgan. Shomurodov rejissyorlik qilgan «mangu barhayot» (Ya.Stelmax), «yosh gvardiya» (A.Fadeyev) kabi telespektakllar televidenie tarixida alohida ahamiyatga ega. Shomurodov Rus drama teatrida «Mirzo Ulug’bek» (M. Shayxzoda) tragediyasini sahnalashtirgan.