Shoniyozov Karim
Shoniyozov Karim (1924.10.1, Muborak tumani — 2000.5.10. Toshkent) — etnograf olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), tarix fanlari Doktori (1975), professor (1990). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-45). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1952). 1946 — 57 yillarda komsomol ishlarida ishlagan. o’qituvchilik qilgan. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutida aspirant (1957-60), katta ilmiy xodim (1960-67), bo’lim mudiri (1967— 73), yetakchi ilmiy xodim (1999-2000). O’zbek xalqi etnogenezi, etnik tarixini o’rganish bevosita Shoniyozov nomi bilan bog’liq, olim ushbu mavzu yuzasidan qator ilmiy asarlar e’lon qilgan. 1990-yillarda Shoniyozov ilmiy rahbarligi ostida tarixiy etnografiya muammolarini, O’zbekiston aholisining maishiy turmush an’analarini tadqiq qiluvchi yosh olimlar guruhi shakllangan. Respublikada Shoniyozov xotirasiga bag’ishlangan «akademik K.Shoniyozov o’qishlari» ilmiy an’anaga aylangan. As: Uzbeki — karluki, T., 1964; K etnicheskoy istorii uzbekskogo naroda, T., 1974; Qang’davlati va qang’lilar, T., 1991; Qarluq davlati vaqarluqlar, T., 1999; O’zbek xalqining shakllanishi jarayoni, T., 2001.