Sho’rtepa

Sho’rtepa — o’rta asrlar (78, qisman 10-12 va 15-asrlar)ga mansub arxeologik yodgorlik, ko’shkli qishloq xarobasi. Toshkentning shimoliy sharqiy qismida, Qorasuv anhoridan Tovkat arig’i bosh olg’an yerda joylashgan. Balandligi 7 metrli ko’shk va unga tutashgan qishloq xarobasining bir qismi saqlangan. 1887 yil N. P. Ostroumov tomonidan qayd etilib, qazishlar o’tkazilgan. 1949 yilda I. Baishev va V. M. Masson kuzatishlar olib borgan. 1968 yil Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi Sho’rtepada olib borgan qazishlari tufayli 7-8-asrlarga mansub moddiy-madaniyat ashyolari bilan bir qatorda ko’shkning me’moriy va qurilish jihatlari aniqlangan. Sho’rtepa 8-asr boshlarida Arab xalifaligi istilosi natijasida vayron bo’lib, ancha vaqt xaroba holida yotgan. 10-12-asrlar va 15-asrda Sho’rtepada hayot qisqa vaqt tiklangan. 1865 yil 9 may kuni Sho’rtepada Toshkent mudofaachilari bilan general Chernyaev boshliq rus qo’shinlari o’rtasida qattiq jang bo’lgan. Toshkentlik muarrix Muhammad Solih «Tarixi jadidai Toshkand» nomli asarida bu jang haqida mufassal bayon qilgan. Ad.: Buryakov Yu.F., Kasnmov M. R., Rostovtsev O.M., Arxeologicheskie pamyatniki Tashkentskoy oblasti, T., 1973; O’rinboev A., Bo’riev O., Toshkent Muhammad Solih tavsifida, T., 1983.