Shotir

Shotir-ko’pchilik ma’nosida shutter bo’lib, uning lug’aviy ma’nosi talovchilar, qaroqchilar demakdir. XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda keng yoyilgan sarbadorlar harakatiga nisbatan munosabat turli joyda turlicha bo’lgan. Jumladan, Ibn Arabshoh sarbadorlarni talovchilar, ya’ni shuttorlar deb atalgan. XIV asrda yashagan arab sayyohi Ibn Batuta ham shu xilda fikr bildirib, O’rta Osiyo xonliklarida esa shotir jilovdor, jilovbardor ma’nolarini anglatib, otga mindirib qo’yuvchi va kuzatib qoluvchi mulozimni anglatgan. Xiva xonligida xon safarga chiqqanda unga tantanali va dabdabali tus berish uchun qalandarlar va udaychilar bilan birga to’rtta maxsus shotir qizil to’n kiyib, qo’ng’iroqli kamar bog’lab, xon otining jilovidan tutib, ikkita shotir esa ikki tomondan uzangini ushlab borgan. Xon saroyida o’nta shotir bo’lgan.