SHOTUTSOY

SHOTUTSOY — Surxondaryo viloyatidagi daryo. Halqajarning o’ng irmog’i. Hisor tizmasining Janubi g’arbidan, Xo’japiryox cho’qqisi bag’ridan boshlanadi. Uzunligi 14 kilometr. Havzasining mayd. 157 kilometr kvadrat. Yillik suv sarfi 4,72 m3/sek. Ko’p yillik suv sarfi quyilish joyida 1,82 m3/ sek. Qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi, shu bois doimo sersuv. Shotutsoy vodiysida yovvoyi tok, shuningdek, tog’olcha, o’rik va boshqalar mevali daraxtlar o’sadi. Terrasalarda lalmikor dehqonchilik bilan shug’ullaniladi.