Shou

Shou (inglizcha — ko’rsatmoq, tomosha) — dabdabali ommaviy tomosha. Dastlab AQShda estrada kontsertini ifodalagan. Ko’pincha muayyan mavzu (masalan, AQSh kinoakademiyasining «Oskar» mukofoti, O’zbekistonda «Ofarin», «Nihol» mukofotlari taqdimot marosimlari). ma’lum shaxsni mashhur qilish yoki narsa, voqeani targ’ibot etish maqsadida (reklama Shousi). estrada, sport «yulduzlari», mashhur aktyor, siyosatchi va boshqalar ishtirokida uyushtiriladi. Shou tashkil etish yo’li bilan daromad topish Shou biznes deb ataladi. Shou bilan maxsus Shou birjalar. firmalar, madaniimusiqavii uyushmalar, ayrim guruxdar yoki ba’zi biznesmen (prodyuser)lar shug’ullanishi mumkin. Shouda bitishuv shartnomalariga asosan, mamlakatning o’zidagi va chet ellardagi mashhur artistlar, san’at guruhlari va boshqalarning chiqishlari uyushtiriladi. O’zbekistonda 20-asrning 90-yillari boshidan estrada Shou biznes rivojlandi.