Shoxdor qo’ng’izlar, taroqmo’ylovlilar

Shoxdor qo’ng’izlar, taroqmo’ylovlilar — qo’ng’izlar oilasi. Mo’ylovlari 10 bo’g’imli, taroqsimon. Uzunligi 10-80 millimetr, erkagining yuqori jag’lari kuchli rivojlangan bo’lib, bug’i shoxiga o’xshab ketadi (nomi shundan). 800 ga yaqin turi bor. Keng tarqalgan, asosan, tropik mintaqalarda uchraydi. O’zbekistonda uchramaydi. Qo’ng’izlar daraxtlarda yashaydi, oqib chiqadigan daraxt shirasi bilan oziqlanadi. Qurtlari yirik, oqish, egilgan; daraxtlarning chiriyotgan tanasida bir shoxli, ya’ni kichik Shoxdor qo’ng’izlar va bug’uqo’ng’iz ko’proq uchraydi. Chiriyotgan daraxtlarni yemiradi.