Shpaklyovka

Shpaklyovka (nemischa «kurakcha» so’zidan; kurakcha bilan tekislash) — bo’yashdan oldin sirtlarni tekislash maqsadida surkaladigan massa. Kukun holatidagi bo’r, talk, ohak, gips va boshqalarga alif moy, yelim, lok kabi moddalarni qo’shib aralashtirish yo’li bilan tayyorlanadi. Shpaklyovkaning lokli, moyli va yelimli xillari bo’ladi. Shpaklyovkani sirtlarga kurakcha bilan surkash jarayoni shpaklyovkalash (tekislash) deb yuritiladi. Shpaklyovka surkalgan qatlam (odatda, 1 millimetrgacha) quriganidan keyingina jilvir qog’oz bilan yaxshilab silliqlab, keyin bo’yaladi. Lokli Shpaklyovka, asosan, mashinasozlikda, moyli va yelimli Shpaklyovka qurilishda ishlatiladi.