Shpanka
Shpanka (Segayaiv ui1§ap8) — Ra’nodoshlar oilasi olcha turkumiga mansub oddiy olcha (olivoli) navi. Xalq selektsiyasi yo’li bilan chiqarilgan. O’zbekistonda, shuningdek, Moldaviya, Ukraina, Gruziyada tarqalgan. Daraxti kuchli o’sadi, shoxshabbasi keng. Barglari ellipssimon, gullarining rangi oq, xushbo’y, mart oxiri — aprel boshlarida gullaydi, chetdan changlanadi. Mevasi yirik (5 gramm), dumaloq, yaltiroq, to’qqizil, po’sti yupqa, eti mayin, sersuv, shirin- nordon. Tarkibida S, V2, V9 vitaminlari, qand, oshlovchi moddalar bor. May — iyunda pishib yetiladi. Ekilganidan keyin 3—4-yili hosilga kiradi. 7-8 yoshida har bir daraxti 25— 30 kilogrammgacha hosil beradi. Shpanka, asosan, yovvoyi olchaga payvand qilinib ko’paytiriladi. Mevasi yangiligida yeyiladi, konservalar — murabbo, kompot, sharbat va boshqalar tayyorlanadi. Kasalliklarga va zararkunandalarga hamda sovuqqa chidamli. Shpanka yetarli darajada sug’orilmaganda qalqondorlardan zararlanishi mumkin. O’zbekistonning barcha viloyatlarida o’stiriladi.