Shpitteler Karl

Shpitteler Karl (asl ismi; taxallusi Feliks tandem, Tapyegp) (1845.24.4, Listal — 1924.29.12, Lyutsern) — shveytsariyalik yozuvchi. Nemis tilida ijod qilgan. Bazel, Syurix, Geydelberg untlarida huquq va teologiya bo’yicha tahsil olgan. Dastlabki epik dostoni — «Prometey va Epitemiya» (1880-81; she’riy varianti «chidamli Prometey», 1924). Shundan so’ng Shpittelerning «G’ayritabiiylik haqida» (1883) dostoni, «Kapalaklar» (1889) lirik she’rlar to’plami, «Kolderi aymog’i kichkina Fred» (1892), «Gustav» (1892) nasriy asarlari va «adabiy afsonalar» (1892) satirik she’rlar to’plami nashr etilgan. «Olimpiya bahori» (1910, 5 kitob) epik dostoni mashhur. Doston 8 satrli uslubda yozilgan bo’lib, mifologiya, yumor, fantaziya, din, allegoriya aralashmasidan iborat. Nobel mukofoti laureati (1919).