SHPRE

SHPRE, Shpree — Germaniyadagi Daryo, Xafel daryosining chap irmog’i. Uzunligi 398 kilometr, havzasining maydoni 10,1 ming kilometr kvadrat. Sudet tog’laridan boshlanib, shimoliy Germaniya pasttekisligida keng va botqoqlangan vodiydan oqadi. Bahorda sersuv. O’rtacha suv sarfi 40 metr kub/sekund. Kema qatnaydi. Shpre bo’yida Berlin, Kotbus shahrilari joylashgan.